Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputat nazoratida
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputat nazoratida
📍 Olmazor tumani hokimi K. Tulyaganov, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, kotibiyat xodimlari hamda tuman mutasaddi rahbarlar ishtirokida "Gulsaroy" ko‘chasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi, shuningdek, “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida “Qichqiriq” va “Oltinsoy” mahallalarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarini jadallashtirish, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
✅ Yakunda mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.