35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okruglarda o‘tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvaliga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboevich o‘z okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, hokim o‘rinbosarlari, tegishli kommunal soha tashkilotlari mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Jumladan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Shundan so‘ng deputatning o‘zi saylangan okrug saylovchilari bilan navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan, mahallada yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi. Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 7