Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

#24_masala

Uchrashuv davomida deputatlik faoliyati doirasida olib borilgan ishlar, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, ularni o‘rganish va hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hududni rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida saylovchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish borasida hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1