35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!

O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 11-«Do‘stlik» saylov okrugi deputati X. Ismatov tashabbusi bilan «Yorqin» mahallasida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
📋 Yig‘ilishda atrof-muhitni asrash, hududlarni ozoda saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash va yashil hududlarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Tadbir yakunida «Mahalla 17 ligi» vakillari hamda ko‘cha oqsoqollariga mahallada ekologik madaniyatni yuksaltirish, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish va qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
🌱 Tabiatni asrash va mahallalar obodligini ta’minlash yo‘lidagi bunday hamkorlik ishlari izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3