35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati S.Bo‘rieva tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan tuman
adliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son
qarori talablarining bajarilishi holati o‘rganildi.
 

O‘rganish ishlari avvaldan tayyorlangan savolnoma asosida olib borilib,
adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan bo‘lim faoliyatini samarali tashkil etish,
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, huquqiy targ‘ibot va huquqiy axborot
ishlarini tashkil etish hamda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
 

Shuningdek, bo‘lim boshlig‘ining xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirishi,
topshiriqlar ijrosini nazorat qilishi hamda aholiga huquqiy xizmatlar
ko‘rsatish samaradorligini oshirish borasidagi faoliyati tahlil qilinib,
aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 1