35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“KIMYOGAR” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TINCHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
“YOSHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
янв.21
“YANGIOBOD” MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🍲 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida taom tayyorlash holati o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI
янв.21
📚 YANGI O‘QUV YILIGA — YANGI MAQSAD VA ULKAN NIYATLAR BILAN! 🔔
янв.21
IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
DUOBA MFYDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 DUOBA MFYDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov va 11-sonli “Qo‘rg‘oncha” saylov okrugi deputati Y.Aliyev tomonidan Duoba MFYda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalarni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2026 yilda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 8 ta ishsiz va kambag‘al oila a’zolariga bog‘dorchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida 137 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Davlat ta’minotidagi oilalar” dasturi doirasida 1 ta oilaga chorvachilik yo‘nalishida 30,9 mln so‘m kredit ajratilgan.

📊 Yil boshidan buyon:
🔹 35 nafar ishsiz fuqaro doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirildi;
🔹 57 nafar ishsiz fuqaro o‘zini o‘zi band qildi;
🔹 8 nafar kambag‘al oila a’zolari va “Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitildi;
🔹 9 nafar kambag‘al oila a’zolariga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun BHMning 3 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratildi.

O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash va kambag‘al oilalar daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3