❗️Kunlik topshiriqlarni 7 talik yoʻnalish boʻyicha koʻchama- koʻcha yurib oʻrganish davom etmoqda.
📌 Joriy yilning 8-sentyabr kuni 2-Toshloq saylov okrugi deputati Sh.Raxmonova "Oqsuv" koʻchasida yashovchi fuqaro Baynayeva Shaxriniso murojaatini oʻrgandi.
⚡️Fuqaro oʻz murojaatida tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida imtiyozli kredit berilishida amaliy yordam soʻragan.
🔥Oʻrganish jarayonida fuqaroning murojaati mahalladagi xokim yordamchisiga yoʻnaltirildi va kredit uchun onlayn ariza yuborildi.