35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“KIMYOGAR” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
“TINCHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
“YOSHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
янв.21
“YANGIOBOD” MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
🍲 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida taom tayyorlash holati o‘rganildi
янв.21
🏫 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI
янв.21
📚 YANGI O‘QUV YILIGA — YANGI MAQSAD VA ULKAN NIYATLAR BILAN! 🔔
янв.21
IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri #24_ta_muhim_masala #sessiya_oldi_organish
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda Adolat SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda , 2-Bo‘ston saylov okrugida Xo‘ja Ahmad Vale MFY, Yettichinor ko‘chasidagi ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.
Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan tuman Iqtisodiyot va moliya bo'limining "Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida"gi masalasi yuzasidan o'rganish o'tkazilib, ko‘chalarning bugungi holati, yo‘l qoplamasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur hududdagi ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish bo‘yicha takliflar “Tashabbusli budjet” jarayonlarida yetarli ovoz to‘play olmaganligi sababli, mavjud muammoni hal etishning muqobil yo‘llari muhokama qilindi.
Mas’ullar bilan birgalikda yo‘llarni asfaltlashtirish ishlarini boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, masalani bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 5