Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Buyuk Turon MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallaning infratuzilma holati, xususan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi. Hududdagi elektr tarmoqlari va transformatorlarning holati, aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.