Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Buyuk Turon MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi faoliyati, hududda aholi bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bilan suhbatlashilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.