BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Bunyodkor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish jarayonida mahalladagi ichki ko‘chalarning mavjud holati, yo‘l qoplamalari, obodonlashtirish ishlari hamda hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
🤝 Mazkur jarayonda ko‘cha vakillari bilan birgalikda ichki ko‘chalardagi mavjud muammolar o‘rganilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda uning 24-moddasida belgilangan xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari doirasida amalga oshirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, ichki ko‘chalar holatini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar shakllantirildi.
🏡 Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.