35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONI YARATILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI
янв.21
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 HUDUD OBODONCHILIGI VA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR E’TIBORDA
Maktab stadioni holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabi stadionining holati o‘rganildi.

🔻Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mahalladagi umumta’lim maktabi stadioni holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mahalladagi maktab stadionida futbol va basketbol bilan shug‘ullanish uchun maydonchalar mavjud bo‘lsa-da, ularni zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlash va zarur sport jihozlari bilan ta’minlashga ehtiyoj borligi aniqlandi. Ayrim inshootlarning holati sport mashg‘ulotlarini sifatli va xavfsiz tashkil etish uchun yetarli emasligi qayd etildi.

Shuningdek, stadion hududida voleybol maydonchasi mavjud emasligi sababli ushbu sport turi bilan shug‘ullanish istagidagi o‘quvchilar va yoshlar uchun alohida maydoncha barpo etish zarurligi ma’lum bo‘ldi.

🔻O‘rganish jarayonida maktab stadionini bosqichma-bosqich obodonlashtirish, futbol va basketbol maydonchalarini qayta ta’mirlash, ularni zarur sport anjomlari bilan jihozlash hamda zamonaviy talablarga javob beradigan voleybol maydonchasini qurish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

🔻O‘rganish natijalari asosida maktab stadionidagi mavjud muammolar va zarur ishlar bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanib, qaror loyihasini muhokama qilishda fuqarolarning takliflarini inobatga olish hamda zarur mablag‘larni ajratish masalasini ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 7