35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONI YARATILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI
янв.21
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 HUDUD OBODONCHILIGI VA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR E’TIBORDA
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Sessiya oldidan o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Sessiya oldidan o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining «19-Olmazor» saylov okrugidan saylangan deputati S.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan «Anorzor» mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 34–36-bandlari ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi, davlat va ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitish hamda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va mas’ul tashkilotlar faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish, zarur hollarda mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida mahalla faollarining taklif va tavsiyalari eshitilib, aholi muammolarini manzilli hal etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Slide 1 of 1