35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
13-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
HAYOT MAHALLASIDA TEMIR YO‘L INFRASTRUKTURASI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY SPORT MAYDONI YARATILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI
янв.21
🏘 BUNYODKOR MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALARNI TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
31-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI HOLAT O‘RGANILDI
янв.21
BUNYODKOR MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 HUDUD OBODONCHILIGI VA AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR E’TIBORDA
Tibbiyot muassasasida xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida poliklinikaning qabul bo‘limi, oilaviy shifokorlar, tor mutaxassislar xonalari, emlash kabineti, laboratoriya, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, elektron navbat tizimi, tibbiy hujjatlarni yuritish, bemorlarni qabul qilish tartibi va murojaatlarga munosabat bildirish amaliyoti ham atroflicha o‘rganildi.

Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4