Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Bahor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘lni kengaytirish masalasi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati
янв.21
“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va ahamiyati
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida muammo bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi
Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tasheva Shaxnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan tasdiqlangan grafik reja asosida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Bahor mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisi Xolova Zarina Faxritdinovnaning xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, 2026-yil mobaynida mahalla bo‘yicha 6 nafar yosh "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo‘lib, ularning barchasiga belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, 5 nafar yosh uchun respublikamizning turli hududlariga bepul sayohatlar tashkil etilgan, 1 nafar yoshning oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovi esa "Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1