Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Turayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining o'rganish maqsadida Oq Oltin MFYda xonadonlarga bordi.
O‘rganishda aholi xonadonlaridagi chorva mollari parvarishi, veterinariya xizmatlarining tashkil etilishi, profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi hamda veterinariya pasportlarini yuritish holati o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
O‘rganish natijasida ayrim hududlarda veterinariya xizmatlarini yanada takomillashtirish zarurligi aniqlandi.
Xususan, profilaktik emlash tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, chorva kasalliklarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda malakali mutaxassislar faoliyatini yanada samarali tashkil etish lozimligi qayd etildi.