#Ohangaron_tuman
#Tuman_Kengashi
#Hafta_DAYJESTI
Hafta davomida deputatlar tomonidan hududlarda faol o‘rganish ishlari olib borildi. Aholi murojaatlari “ko‘chama-ko‘cha yurish” asosida o‘rganilib, fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Mahallalarda ijtimoiy muammolar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Ta’lim muassasalari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati, sport maydonchalari holati hamda yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi. Xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, savdo nuqtalarida narx-navolar, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda davlat organlari faoliyati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Deputatlar hamkorlikda hududlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va yoshlar faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.