Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Bahor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘lni kengaytirish masalasi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Bahor mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati
янв.21
“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni va ahamiyati
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi asosida muammo bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muxiddin Kalonov bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasidagi Marmar ko‘chasida joylashgan 7 va 21-ko‘p qavatli uy-joylar yaqinida joylashgan chiqindi yig‘ish punktlarining holati va “Rahnamo Servis” MChJ tomonidan aholiga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha mahalla raisi ishtirokida o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida mahallada joylashgan chiqindi yig‘ish punkti ko‘zdan kechirilib, 7-ko‘p qavatli uy-joy yonida joylashgan chiqindi yig‘ish punktida chiqindilarni yig‘ish uchun sharoit va zarur anjomlar yetarli emasligi, shuningdek, 21-ko‘p qavatli uy-joy yaqinida joylashgan chiqindi yig‘ish punkti yong‘indan talafot ko‘rib ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi. Shuningdek, konteynerlar soni va ularning texnik holatini yaxshilash, chiqindilarni saralash va yig‘ish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ham qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

🔺Deputat chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda xizmat sifati ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Chiqindi yig‘ish punktlarini kapital yoki joriy ta’mirlash, uni zamonaviy talablar asosida qayta jihozlash, atrofini tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishini belgilab olindi.

Slide 1 of 3