Oziq-ovqat xavfsizligi – xalq farovonligining muhim kafolati
O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2025-yil 23-yanvarda ma’qullangan.
Mazkur Qonun aholini sifatli, xavfsiz va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ushbu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
Qonunda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat ta’minotining uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Sifatli oziq-ovqat – sog‘lom jamiyat, mustahkam kelajak va xalq farovonligining muhim omilidir.