Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi
янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirov tomonidan “Oltin vodiy” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlar hamda manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining amalga oshirilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Muloqotlar davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bunday o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, manzilli yordamning samaradorligini ta’minlash hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3