Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati: piyodalar yo‘lagidagi kamchiliklar o‘rganildi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BYUDJET KODEKSI (O‘RQ–360)
янв.21
"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
янв.21
🌱"O‘SIMLIKLAR KARANTINI TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–484)
янв.21
"O‘RMON TO‘G‘RISIDA"GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI (O‘RQ–475)
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Tangirov Tursunqul hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–263-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganish doirasida tuman Ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurilib, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi. O‘rganish davomida voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan bitta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan malakalangan. Shu bilan birga, hududda 23 nafar voyaga yetmagan profilaktik hisobga olingan, farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 11 nafar ota-ona ham profilaktik nazoratga olingan.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, ota-onalar mas’uliyatini kuchaytirish hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qonunning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ayniqsa mahallalarda, ta’lim muassasalarida va yoshlar orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5