Deputat fuqarolar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 20-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F. Temirov Gumbaz mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni qonuniy asosda hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Deputat tomonidan murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli deputatlik so‘rovlari va amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.