Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI
янв.21
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Lochin mahallasida ko‘kalamzorlashtirish va tomorqachilik ishlari o‘rganildi
SHARQ YULDUZI MAHALLASIDA QONUNLAR IJROSI VA ENERGIYA SAMARADORLIGI MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi G. Xusanova hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi va Ekspert guruhi a’zolari bilan hamkorlikda tumandagi Sharq Yulduzi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida mamlakatimizda qabul qilingan va aholining turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan eng muhim 162 ta qonunning mahalladagi ijrosi holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan uchrashuv yig‘ilishi o‘tkazildi.

⚡️Uchrashuvda mahalla yettiligi, yoshlar va faollar ishtirok etib, qonunlarning amaliy ijrosi, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning joylardagi ijrosi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

⚡️ Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-sonli Qonunining Sharq Yulduzi mahallasidagi ijrosi alohida ko‘rib chiqildi.

📍Xususan, mahallada energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, aholi xonadonlariga energiya tejovchi qurilmalarni o‘rnatish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

➡️Mahalla yettiligi tomonidan energiya samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida energiya tejamkorlik madaniyatini shakllantirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, ularning amaliy natijadorligini oshirish, deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3