Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Zarapetyan 6-uy oldidagi daraxt holati o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
“Yangiariq” MFY hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Jasorat ko‘chasidagi xiyobonning holati o‘rganildi
янв.21
I. Karimov ko‘chasi 114-uy hududidagi suv oqimi va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati o‘rganildi
янв.21
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
DEPUTAT SO‘ROVI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va mahallalardagi mavjud muammolarni o‘rganish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon shahridagi “Mustaqillikning 21 yilligi” mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylari hamda mahalla faollari tomonidan mahalla hududidagi ta’mirtalab holga kelgan 2 km ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash masalasida murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat asosida mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ichki yo‘llarni ta’mirlash dasturlari doirasida ushbu yo‘llarni ta’mirlash choralarini ko‘rish hamda natijalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.

Slide 1 of 1