Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI
янв.21
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Lochin mahallasida ko‘kalamzorlashtirish va tomorqachilik ishlari o‘rganildi
Kengash raisi Dilorom Safarova "Navro‘z" mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi

Kengash raisi Dilorom Safarova "Navro‘z" mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova o‘zi saylangan hudud — "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.
Bu galgi uchrashuv rasmiy zallarda emas, balki bevosita mahalla ko‘chalarida, ochiq osmon ostida samimiy ruhda tashkil etildi.

Kengash raisi har bir ko‘chaga kirib, aholi xonadonlari vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashdi va ularni qiynayotgan muammolarni joyida eshitdi.

🗣 Muammolar ko‘chaning o‘zida tinglandi va o‘rganildi
Aynan ko‘chada o‘tgan muloqot davomida fuqarolar hududdagi eng dolzarb va kundalik hayotga daxldor masalalarni o‘rtaga tashlashdi:
🔹 Ichki ko‘chalarni ta’mirlash, asfaltlash va shag‘allashtirish;
🔹 Tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
🔹 Ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash va infratuzilma muammolari.

Muammolarni eshitish barobarida, Kengash raisi va mas’ullar ko‘chalarning holatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi.