35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
DEPUTAT 55-MAKTABDAGI “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘ziga biriktirilgan 55-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.Bayram tadbirida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘quvchilar, ustozlar va tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.Tadbirning o‘ziga xos va quvonchli lahzalaridan biri maktabga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezidentimizning an’anaviy sovg‘alari tantanali ravishda topshirilgani bo‘ldi.Shuningdek, deputat tomonidan o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularga bilim olishga intilish, ustozlar bergan saboqlarni puxta egallash, maktab hayotida faol bo‘lish hamda kelajakda Vatanga munosib farzand bo‘lib voyaga yetish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilandi.Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarning quvonchi tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Yangi o‘quv yilining ilk kunida bildirilgan ezgu tilaklar o‘quvchilar uchun yangi marralar sari dadil qadam tashlashga xizmat qilishi shubhasiz.  

Slide 1 of 4