35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Birinchi qo‘ng‘iroq” – yangi o‘quv yilining quvonchli boshlanishi

Mamlakatimizda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan barcha umumta’lim maktablarida an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari uchun ushbu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Bolajonlarning quvonchli chehralari, ustozlar va ota-onalarning ezgu tilaklari, maktablardagi bayramona muhit yangi o‘quv yiliga alohida ruh bag‘ishladi.

🔴Tadbirlarda xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari ham ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan samimiy muborakbod etdilar. Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Prezident tabrigida yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, ularning bilim va iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ustozlarning sharafli va mas’uliyatli mehnatiga yuksak e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.

🔴Tantanali tadbir davomida Vatanimiz bayrog‘i, madhiyasi va davlat ramzlariga hurmat ruhi ustuvor bo‘lib, o‘quvchilarning Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari samimiy tilaklar, quvonchli lahzalar va ezgu niyatlar bilan yakunlanib, maktablarda yangi o‘quv yiliga start berildi.

Slide 1 of 7