35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
📚 TA’LIM SIFATI – KELAJAK POYDEVORI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Shadanova, Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov hamda NNT vakili M.Abdiyazova bilan birgalikda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiyaoldi o‘rganishini amalga oshirdi.
📍 O‘rganish Eshonqala mahallasidagi 14-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilib, unda Shovot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Babojonov Qahramon Yakubboyevichning tumanda 2026-yilning 6 oyi davomida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti atroflicha o‘rganildi.
📖 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq, deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish maqsadida olib borildi.
🔍 Jarayonda maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya sifati, moddiy-texnik baza, bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi hamda ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi. 🎓🇺🇿

Slide 1 of 5