35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Yoshlar bog‘i hududida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bog‘ hududiga joyiga chiqilgan holda yashil maydonlarning holati, manzarali daraxt va butalarni parvarishlash, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sug‘orish tizimining holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Qonun talablariga muvofiq o‘simliklarni muhofaza qilish, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, sanitariya va ekologik talablarga rioya etilishi hamda amalga oshirilayotgan mavsumiy parvarish ishlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, yashil hududlarni yanada obodonlashtirish, o‘simliklarni samarali parvarishlash hamda Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy komissiya nazoratida bo‘lib, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlarni asrash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4