35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Yoshlar bog‘i hududida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Yoshlar bog‘i rahbari E.Usmonov tomonidan bog‘ hududida yashil maydonlarni saqlash, daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash, zararkunandalar hamda kasalliklarga qarshi kurashish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Muhokama davomida o‘simliklarni himoya qilish sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, ko‘chatlarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish, sug‘orish va parvarishlash tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, doimiy komissiya a’zolari tomonidan bog‘ hududida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, aniqlangan ayrim masalalarni bartaraf etish hamda Qonun talablarining samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2