Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Mazkur qonun ekologik nazoratni amalga oshirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qonunchilik talablarining buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etish hamda tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

O‘rganish doirasida Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Quryozov hamda deputat U. Ibrohimov bilan birgalikda Hunarmand mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalarini sug‘orish, suv yetkazib berish holati hamda yashil energiyadan foydalanish jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud holat tahlil qilinib, resurslardan samarali foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha masala nazoratga olindi.

Slide 1 of 1