Sizlar — xalqimizning eng katta boyligi, yurtimiz taraqqiyoti va kelajagining ishonchli bunyodkorlarisiz. Bugungi intilishlaringiz, ilmga chanqoqligingiz va yuksak maqsadlaringiz mamlakatimiz ravnaqi uchun mustahkam poydevordir.
Sizlarga sogʻlik-salomatlik, cheksiz gʻayrat, bilim va izlanish yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir orzu va tashabbusingiz hayotda oʻz ifodasini topsin, erishayotgan yutuqlaringiz Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qilsin!
Yoshlar bilan — Yangi Oʻzbekistonni birgalikda bunyod etamiz!