Inson qadri — amaliy e’tibor va g‘amxo‘rlikda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, harakatlanishida qiyinchilikka duch kelayotgan fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova Balandchaqir mahallasida yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning murojaatiga e’tibor qaratdi.
Murojaat asosida tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroning uydan ko‘chaga mustaqilroq chiqib, harakatlanishi uchun maxsus yo‘lakcha qurib berildi.
Mazkur ish nogironligi bo‘lgan fuqarolarning kundalik hayotini yengillashtirish, erkin harakatlanishi uchun qulaylik yaratish va ularning ehtiyojlariga manzilli yechim topish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biridir.