Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash va xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish muhim vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir dehqon bozorida bo‘lib, mahsulotlar narxi va narx-navoning holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini kuzatish, savdo tartibiga rioya etish hamda aholi uchun qulay savdo muhitini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan narx-navoni muntazam kuzatib borish, savdo madaniyatiga rioya etish va aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha mas'ullarga tavsiyalar berildi.