Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

⚖️ Kotibiyat va "Madad" NNT hamkorligi:

⚖️ Kotibiyat va "Madad" NNT hamkorligi: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” NNT Jizzaax Viloyati bo‘limi boshlig‘i I.Toshboyev, tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Xoldjigitov  (NNT) tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi Sh.Kuliyeva hamkorligida aholining huquqiy savodxonligini oshirish va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida fuqarolar uchun huquqiy maslahat berish tadbiri tashkil etildi.
Muloqot davomida fuqarolarga ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, yer va mulk huquqi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi turli huquqiy masalalar yuzasidan malakali tushuntirishlar va bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘mak berish borasidagi bunday hamkorlik tadbirlari tuman Kengashi kotibiyati tomonidan doimiy ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4