AHOLI BANDLIGI MASALALARI NAZORAT-TAHLIL OLIB BORILDI
Davlat mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati M.Baratova hamda Turonbank xodimi tomonidan 24 ta tavsiya asosida aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi.
Tadbir davomida aholi bandligini ta’minlash,ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, aholining daromad manbalarini kengaytirish va bandlikka oid tavsiyalar ijrosi masalalariga e’tibor qaratildi.
Aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinishiga e’tibor qaratildi.
Aholi bandligini ta’minlash,fuqarolarning munosib mehnat bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish va berilgan tavsiyalar ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.