Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

XALQ BILAN MULOQOT — AMALIY HAMKORLIK ASOSI

XALQ BILAN MULOQOT — AMALIY HAMKORLIK ASOSI
Tuman Kengashi deputati Keldibekova Gulsara Xo‘janovna o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq bilan muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi!
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining muhim qadami!

Slide 1 of 2