SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA SESSIYA OLDIDAN O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi hamda Kengash deputati A. Erkinov ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shko‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri X. Shermetov tomonidan taqdim etilgan tuman tashkilotlarida 2026-yilning 9 oyi davomida aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborot bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur masala Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan bo‘lib, o‘rganish jarayonida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
Sessiya oldi o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kun tartibidagi masalaning mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish, taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rganish hamda deputatlarning sessiyadagi muhokamasini zarur axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.