Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

NAVBATDAGI SESSIYA MASALALARI YUZASIDAN O‘RGANISH VA MULOQOTLAR OLIB BORILMOQDA

NAVBATDAGI SESSIYA MASALALARI YUZASIDAN O‘RGANISH VA MULOQOTLAR OLIB BORILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan suhbatlar olib borildi.

🌱 Muloqotlar davomida tumanda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi hamda “Fermerlar to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 Jumladan, mazkur qonunlarda belgilangan talablarning joylarda bajarilishi, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda sohada uchrayotgan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashildi.
📋 Suhbatlar davomida sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala bo‘yicha zarur ma’lumotlarni shakllantirish, mavjud holatni tahlil qilish va qonunchilik ijrosini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi
.
✅ Mazkur ishlar navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilish, qonunlar ijrosiga doir mavjud holatni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1