Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI: “E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI IJROSI O‘RGANILMOQDA

DEPUTATLIK NAZORATI: “E-QAROR” ELEKTRON TIZIMI IJROSI O‘RGANILMOQDA

📄 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan Pastdarg‘om tumani hokimligiga rasmiy xat yuborildi.

🔎 Rasmiy xatda quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan:
🤩 “E-qaror” elektron tizimidan foydalanish tartibi;
🤩 Hokim qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish hamda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish jarayoni;
🤩 Hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va e’lon qilish holati;
🤩 Elektron tizim uchun mas’ul xodimlar faoliyati;
🤩 Tizimdan foydalanishda aniqlangan kamchiliklar, ularning sabablari va bartaraf etish choralari.

🗓 Tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ma’lumotlarni 2026-yil 1-noyabrga qadar tuman Kengashiga taqdim etish so‘ralgan.

👍 Mazkur ishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, hujjatlar bilan ishlash jarayonlarining qonuniyligi va samaradorligini oshirish hamda elektron tizim ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

📌 Doimiy komissiya raisi — Nazim Aliyev.