Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLARNING ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

 DEPUTATLARNING ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 19-oktabrdagi VII-35-122-7-101-K/26-son qarori qabul qilindi.

🦁 Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 14-avgustdagi KQ-379-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini takomillashtirishga qaratilgan.

🤩 Qarorga muvofiq, tuman Kengashining 2023-yil 26-avgustdagi deputatlarning odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi VI-91-100-7-101-K/23-son qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritildi.

👍 Deputatlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ularning faoliyatida mas’uliyat va kasbiy etika tamoyillarini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

🔎 Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Aliyev zimmasiga yuklatildi.