Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan “Shodlik” mahallasidagi xotin-qizlar faolining faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini aniqlash hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda xotin-qizlar uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganishning asosiy maqsadi — xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonunchilik doirasida hal etishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 5