Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

MAKTABNING MODDIY-TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

 MAKTABNING MODDIY-TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

🎓 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab ehtiyojlari, jumladan, binoning tom qismini ta’mirlash uchun 50 dona shifer hamda kuz-qish mavsumida ta’lim muassasasini issiqlik bilan ta’minlash maqsadida 1 dona isitish qozoni xarid qilish zarurati ko‘rib chiqildi.

💸 Mazkur ehtiyojlarni qoplash uchun tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiq bajarilishi hisobidan 17 750,0 ming so‘m mablag‘ ajratish so‘ralgan.

✅ O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishdan iborat.  

Slide 1 of 4