Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
🛣 TASHABBUSLI BYUDJET G‘OLIBI: TENGALI QISHLOG‘I YO‘LLARI ASFALTLANMOQDA

🛣 TASHABBUSLI BYUDJET G‘OLIBI: TENGALI QISHLOG‘I YO‘LLARI ASFALTLANMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zokir Suvonov tashabbusi bilan "Bunyodkor" MFY tarkibidagi Tengali qishlog‘ining umumiy uzunligi 3000 metr (3 km) bo‘lgan ichki yo‘lini asfaltlash loyihasi “Tashabbusli byudjet” jarayonida g‘olib deb topildi.
Mazkur yo‘lni ta’mirlash ishlari uchun tuman Kengashining tegishli qarori bilan 1 647 801 771 so‘m mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi.
Bu loyiha aholi uchun qanday qulayliklar yaratadi?
Hudud aholisining kunlik qulay va xavfsiz harakatlanishi ta’minlanadi.
Qishloqdagi maktab, bog‘cha hamda tibbiyot muassasalariga borish sezilarli darajada yengillashadi.
Deputatlarimiz xalq ovozi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlar infratuzilmasini yaxshilashda faol ishtirok etishda davom etmoqda.

Slide 1 of 1