Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan tumanning “Istiqlol” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli A.Ustemirova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal etishga ko‘maklashish, ehtiyojmand ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, oilalardagi ijtimoiy va ma’naviy muhitni o‘rganish, nizoli va notinch oilalarni barvaqt aniqlash hamda ular bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi. Oilaviy kelishmovchiliklarning chuqurlashib ketishining oldini olish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va murosa muhitini shakllantirish, zarur hollarda tegishli mutasaddilar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi qayd etildi

🔻Deputat tomonidan xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir oila va xotin-qizning holatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni erta bosqichda aniqlash, ayniqsa, ajrim yoqasida turgan va nizoli oilalar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2