Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev “Fazogir” mahallasi ijtimoiy hodimi D. Joʻrayeva ishtirokida tumanning “Fazogir” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada “Ijtimoiy himoya reyestri”ga jami 31 ta oila kiritilgan bo‘lib, ularning 13 tasi davlat ta’minotidagi, 14 tasi kambag‘al hamda 4 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga mansub. Deputat xonadonlarga borib, har bir oilaning ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari, mehnat qilish imkoniyatlari, mavjud ehtiyojlari hamda ijtimoiy xizmat va ko‘maklarga bo‘lgan talablari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida kambag‘al oilalarni bosqichma-bosqich kambag‘allikdan chiqarish, ularning mehnatga layoqatli a’zolarini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘maklashish muhimligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, kambag‘allik chegarasidagi 4 ta oila bilan alohida ishlash, ularning mavjud daromad manbalarini saqlab qolish va kengaytirish orqali kambag‘al oilalar qatoriga tushib qolishining oldini olish zarurligi ta’kidlandi. Davlat ta’minotidagi oilalarga esa ularning ehtiyojidan kelib chiqib, ijtimoiy xizmatlar va mavjud qo‘llab-quvvatlash choralaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2