Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 97 NAFAR XOTIN-QIZGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN 97 NAFAR XOTIN-QIZGA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI

👍 Aholi bilan uchrashuvlar, fuqarolar muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Hilola Sulaymonova hudud aholisi bilan uchrashuv davomida salomatligida muammolari bo‘lgan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

✅Deputat tashabbusi bilan ushbu masala yuzasidan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Respublika boshqaruviga murojaat yo‘llandi. Murojaat ijobiy natija berdi.

✅ Natijada, Yangiobod mahallasida “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi, salomatligi va ko‘rish qobiliyatida muammolari bo‘lgan 97 nafar xotin-qizga “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi hisobidan bepul dori-darmon vositalari va ko‘zoynaklar taqdim etildi