Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
ALIMENT MASALASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

 ALIMENT MASALASI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Bugungi kunda Pastdarg‘om tumanida 3 706 nafar fuqaro bo‘yicha 4 747 ta aliment ishi ochilgan va undirish uchun Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

🌐Shunga qaramay, tumanda aliment bo‘yicha qarzdorlik qariyb 5 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

🌐Mazkur holat aliment majburiyatlari ijrosini ta’minlashda tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini oshirish va qarzdorlikning oldini olish zarurligini ko‘rsatadi.

🌐 Deputatlar tomonidan 80 ta mahalladagi ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 80 ta mahallada “Mahalla yettiligi” a’zolarining aliment masalalari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari o‘rganildi.

🌐O‘rganishlar davomida ayrim mahallalarda mazkur yo‘nalishdagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani, Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlik lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi.

Slide 1 of 3