Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi

#deputat_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil

Bog‘chadagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida Qonun talablarining ijrosi, xususan, tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish hamda bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash holatiga e’tibor qaratildi.

Muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari va yotoqxonalarning holati, ularning zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bolalarning kun tartibi, dam olishi, yotoqxonalarda yaratilgan qulayliklar, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish holati o‘rganildi.

Bog‘chaning ta’lim-tarbiya jarayoni, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda xodimlarning mehnat faoliyati bilan ham tanishildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, yotoqxonalardan samarali foydalanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik talablarining joylarda ijro etilishini ta’minlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirishga qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5