Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi

#deputat_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil

4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan tumandagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, mazkur qonunda belgilangan vazifalarning ijrosi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi kundagi faoliyati, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog va boshqa xodimlarning mehnat faoliyati hamda muassasaning moddiy-texnik holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifati va shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari deputatlik nazoratini amalga oshirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda o‘rganish hamda fuqarolar, xususan, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarning amaldagi holatini baholashga qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2